| MUZEY ILMIY FONDLARI
O`zbekiston Davlat tabiat muzeyi boy ilmiy zahiraga ega. Unda geologiya,
botanika, zoologiya va etnomologiya kollektsiyalari mavjud. Zahira
materiallari, birinchidan, muzey ekspozitsiyalarini tuzish va to`ldirish
uchun boshlang`ich va qo`shimcha materiallar bo`lib xizmat qiladi,
ikkinchidan muzey soha mutaxassilari uchun ilmiy manba hisoblanadi.
Muzeyning ilmiy zahirasi qanchalik boy bo`lsa, u fan
uchun shunchalik katta qimmatga ega bo`ladi.
Muzeyning zahira materiallari muzey tashkil topgan
vaqtdan buyon o’tgan davr ichida yig`ilgan va asosan Markaziy Osiyoning
turli hududlariga muzey uyushtirgan qator ekspeditsiyalar natijasida
keltirilgan ko`p miqdordagi to`plamlarni tashkil etadi.
Botanika to`plamlaridan iborat tuproqlar, gerbariylar,
Markaziy Osiyo daraxtlari turlarining ko`p sonli kesmalari, o`lkaning
yovvoyi o`simliklari va ko`pchilik xom ashyo kollektsiyalaridan
iborat. Muzeyning gerbariylari ko`pgina ilmiy tashkilot mutaxassislari
uchun ma`lumotnoma va qiyosiy material (Manba) sifatida xizmat qiladi.
Muzeyning entimologiya zahirasi muzeyi tashkil topgandan
boshlab vujudga kela boshladi. Bu 350 000 dan ortiq hashoratlar
namunasi bo`lgan Markaziy Osiyodagi eng katta entimologiya kolleksiyasidir.
Ko`p miqdordagi Markaziy Osiyo to`plamlaridan tashqari, 1918 yilda
A.A.Mel` tomonidan muzeyga in`om qilingan 1290 ta namunalardan iborat
bo`lgan tropika kapalaklari kollektsiyasi ham katta ahamiyatga ega.
Muzeyning zoologiya to`plamlaridan ajoyib olim va
sayyoh N.A.Zarudniy tomonidan to`plangan 560 nushadan iborat ko`p
sonli kemiruvchilar va 140 ta qushlar tuxumi kollektsiyasi katta
ahamiyatga ega.
Zoologiya bo`limining zahirasida umurtqali hayvonlar
bo`limlida 4000dan ortiq hayvonlar turkumi saqlanadi.
Muzeyning geologiya bo`limida Markaziy Osiyoning turli
konlaridan keltirilgan mineral va foydali qazilmalarning kollektsiyasi
bor. Poleontologik kollektsiyalarni asosan Qoratov tog` va Qizilqumdagi
Itemir soyidan yig`ilgan namunalar tashkil etadi. Bular baliq, hashorot,
o`simlik barglarining izlari, toshga aylanib qolgan daraxt tanalarining
bo`laklari, boshoyoqli va qorinoyoqli malyuskalarning toshga aylangan
chig`anoqlari, dinozavrlarning toshga aylangan suyaklaridan iborat.
Muzeyning ko`p miqdordagi zahira materiallari, ayniqsa,
entimologiya kollektsiyalari chet ellardagi mutaxassislarda qiziqish
uyg`otib, keng o`rganilmoqda.
|