Bosh Sahifa
Yangiliklar
Muzey Tarixi
Muzey Bo'limlari
Muzey Fondlari
Ekspozitsiyalar
Fotogalereya
Kontaktlar


O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi

 

MUZEY EKSPOZITSIYALARINING QISQACHA XARAKTERISTIKASI

O'zbekiston Davlat tabiat muzeyi tomoshabinlarga ko'pgina qimmatli va turli-tuman ilmiy-ommabop ma`lumotlar beradi. Muzeyning asosiy vazifalari- aholining keng ommasi o'rtasida tabiatni o'rganish, o'quvchlarning tabiatshunoslik sohasidagi bilimlarini chuqurlashtirish, jumladan, o'lka tabiatini o'rganish ishida yordam ko`rsatishdan iboratdir. Ko'rsatib o'tilgan vazifalar muzey ichida mavzuiy ekspozitsiyalar tashkil etish va muzeydan tashqarida keng ilmiy-ma'rifiy ishlarni olib borish yo'li bilan amalga oshiriladi.

Hozirgi paytda muzey ekpozitsiyalarini quyidagi bo`limlar tashkil etadi:

  1. Quyosh tizimidagi sayyoralar.
  2. Geologik o'zgarishlar tarixi va yerda hayotning rivojlanishi.
  3. Poleontologiya, embriologiya, qiyosiy anatomiya, odamning paydo bo'lishi va rivojlanishi misollarida organik dunyo evalyutsiyasi tasviri.
  4. CH.Darvin va uning ta`limoti (sun'iy va tabiy tanlash).
  5. Genetika va selektsiya asoslari;
  6. O'zbekistoning fizik va geografik tavsifi (rel`yefi, ob-havosi, suvi va tuproqlari).
  7. O'zbekiston minerallari va qazilma boyliklari.
  8. O'zbekistonning asosiy landshaftlari:
    a) qumli dasht,
    b) to'qaylar,
    ñ) tog` etaklari, (adirlar)
    d) turli xil o`tli dashtlar,
    e) tog` mevali daraxt o`rmonlari,
    f) archazorlar,
    g) baland tog`lar,
    h) madaniy landshaft, ya'ni voha va o'zlashtirilgan lalmikor yerlar.
  9. Tabiy boyliklardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish.
  Designed by "SKM" Tashkent 2007© All Rights Reserved
Tel: (+998-71) 144-14-72, 144-30-82, Fax: 144-34-44
E-mail: info@skm.uz, URL: www.skm.uz