Bosh Sahifa
Yangiliklar
Muzey Tarixi
Muzey Bo'limlari
Muzey Fondlari
Ekspozitsiyalar
Fotogalereya
Kontaktlar


O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi

 

KIRISH SO'ZI

O'zbekiston Davlat tabiat muzeyi veb saytiga hush kelibsiz. Ushbu veb sayt orqali siz Muzey haqida to'liq ma'lumotlarga ega bo'lishingiz hamda o'z fikr-mulohazalaringizni qoldirishingiz mumkin.

O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tasarrufidagi O’bekiston Davlat tabiat muzeyi – eng keksa ilmiy-ma’rifiy muassasa hisoblanadi. U 1876 yil 12 iyulda tashkil etilgan. Uzoq va murakkab rivoglanish yo’lini bosib o’tgan bu ilmiy-ma’rifiy muassasa hozirgi vaqtda O’zbekistonning bosh muzeyiga aylangan.

Muzeyning asosiy vazifasi respublika tabiatini va undan xalq xo’jaligida qanday foydalanishni aks etterish hamda o’quvchilarning umumiy biologiya masalalariga oid bilimlarini chuqurlashtirish, o’lka tabiatini o’rganishda o’quv yurtlariga yordamlashishdan iborat.

Ko'p yillar davomida olib borilgan kollektsiya to'plash ishlari va tabiat bag’riga qilingan juda ko’p ekspeditsiyalar natijasida muzeyning ilmiy hodimlari tomonidan g’oyat qimmatli kollektsiya fondlari toplangan. Muzey fondida 400 mingdan ortiq namuna bor: shu jumladan, 300 mingdan ortiq hasharotni o’z ichiga olgan O’rta Osiyoda eng yirik etnomologiya fondi, ming varaq gerbariydan iborat botanika fondi hamda zoologiya va geologiya materiallari faqatgina O’zbekiston olimlari o’rtasida emas, balki Mustaqil Hamdo’stlik Mamlakatlarida ham mashhur.

Muzeyda quyidagi 4 bo’lim faoliyat ko’rsatadi:
• Flora-fauna bo’limi
• Geologiya-geografiya bo’limi
• Ilmiy-ma’rifat bo’limi
• Fond bo’limi

O’zbekiston Davlat tabiat muzeyi O’zbekistondagi muzeylar ichida birinchi bolib tabiatni namoyish qilish (eksponatlashtirish)ning landshaft usulini ishlab chiqdi va o’z ekspozitsiyalarida amalga oshirdi. Bu usul tabiat hodisalarinig o’zaro bog’liqligi tog’risida yaqqol tasavvur beradi.

Muzey katta ilmiy-ma’rifiy ishlarni ham olib boradi: ko’pgina madaniyatMarg'ilon shahridagi ko'rgazma saroylarida, kinoteatrlarda, madayat va istirohat bog’larida, maktablar, litsey, o’rta maxsus va oily o’quv yurtlarida, mahallalarda, dam olish maskanlarida ma’ruza o’qish, ko’chma va statsionar ko’rgazmalar tashkil etish kabi ishlarni amalga oshiradi.

Tabiat muzeyining ekspozitsion zallarida Yerda hayotning paydo bo’lishi va rivojlanishini tasvirlovchi, organik dunyo evolutsiyasi, odamning paydo bo’lishi, respublika tabiati, uning boyliklari va ulardan foydalanish haqida ko’plab tabiiy eksponatlar, kollektsiyalar va ko’rgazmali materiallar qo’yilgan.

Ushbu web-ma’lumotnoma muzeyga keluvchilarni muzeyning katta va ko’p tomonlama ekspozitsiyasining turli bo’limlari haqida to’la ma’lumot olishiga yordam berish maqsadida tuzilgan.

Bu web-ma’lumotnomani mukammal va bekamu ko’st, deb bo’lmaydi. Holbuki muzeyning ekspozitsiyalari fanning tez sur’atlar bilan o’sayotgan yutuqlarini aks ettiradi hamda har yili to’ldirilib, kengaytirilib turiladi. Ekspozitsiyalarda ro’y beradigan o’zgarishlar bu ma’lumotnomaga tegishli ravishda tuziladigan ilovalarda o’z aksini topadi.

Muzeyga keluvchilarning takliflar kitobchasiga yozib qoldirgan barcha mulohaza va istaklari muzey hodimlari uchun qimmatlidir. Bu takliflar o’z navbatida muzey ekspozitsiyasini yaxshilashga yordam beradi.

  Designed by "SKM" Tashkent 2007© All Rights Reserved
Tel: (+998-71) 144-14-72, 144-30-82, Fax: 144-34-44
E-mail: info@skm.uz, URL: www.skm.uz